YAPONIYADA IŞLAŞ ISTAGIDAGI YOŞLAR UÇUN ZAMONAVIY ÖQUV MARKAZI TAŞKIL ETILADI
2026-11-19 11:55:00 / Yangiliklar

Uşbu markazda Yaponiyada talab yuqori bölgan B, C va D toifali haydovçilik guvohnomalarini olişga tayyorlaş, şuningdek, yapon tilini çuqurlaştirilgan holda örgatiş yölga qöyiladi. Bu orqali yoşlarning xorijiy mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb va könikmalarni egallaşiga imkoniyat yaratiladi. Bugun Yangiyöl şahar hokimi R.Raimov Yaponiyalik iş beruvçilardan iborat delegatsiya vakillari bilan birgalikda 1-son texnikumga taşrif buyurdi. Taşrif davomida bölajak öquv markazining moddiy-texnik bazasi, mavjud şart-şaroitlari, ta’lim jarayonini taşkil etiş imkoniyatlari atrofliça örganildi.
Şuningdek, yaponiyalik hamkorlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, yoşlarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga öqitiş hamda ularni Yaponiyada munosib iş örinlariga yönaltiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Mazkur loyiha amalga oşirilişi natijasida Toşkent viloyati yoşlari uçun yangi imkoniyatlar yaratilişi, ularning kasbiy salohiyati va xorijiy mehnat bozorida raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.





