BANDLIKNI TA’MINLAŞ VA YOŞLAR UÇUN YANGI IŞ ÖRINLARINI YARATIŞ BÖYIÇA UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
2026-11-19 14:55:00 / Yangiliklar

Unda Yangiyöl şahar prokurori E.Sanokulov, şahar IIB boşliği, podpolkovnik K.Xalikov, şahar soliq inspeksiyasi rahbari Sh.Shamshiyev, Toşkent viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi boşliği Z.Yo‘ldaşov, viloyat Yoşlar işlari boşqarmasi boşliği N.Xojiyev, şahar hokimi örinbosarlari, iş beruvçi korxonalar hamda tegişli taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi. Uçraşuvga Yangiyöl şahri, Oqqörğon, Çinoz va Yangiyöl tumanlaridan iş izlayotgan yoşlar, fuqarolar hamda xorijdan mehnat migratsiyasidan qaytgan jami 103 nafar fuqaro jalb qilindi.
Uçraşuv davomida iştirokçilarga turli sohalardagi mavjud böş iş örinlari, kasb va mutaxassisliklar, mehnat faoliyati uçun yaratilgan şaroitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, iş beruvçi korxonalar vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar taşkil etilib, fuqarolarning qiziqişi, kasbiy könikmalari va mehnat qiliş istaklari örganildi. Natijada, 20 nafar fuqaro ayni şu joyning özida öziga ma’qul kelgan korxonalarda işlaş istagini bildirdi va işga joylaşiş uçun tegişli korxonalarga yönaltirildi.









