YANGIYO‘L SHAHRIDA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-10-22 12:50:00 / Yangiliklar

Muloqotda Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov, shahar hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat olib bordi. Suhbat davomida yoshlarning ish bilan ta’minlanishi, ularning bandligini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi. O‘rganishlar davomida murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









