YANGIYO‘L SHAHRIDA MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
2026-10-21 17:00:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori hamda ishga joylashish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kasb-hunar o‘rganish, qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish va o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatlari tushuntirildi.
Mehnat yarmarkasi yakunlariga ko‘ra, quyidagi natijalarga erishildi:
🔹 4 nafar ishsiz fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
🔹 25 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar taqdim etildi.
🔹 20 nafar fuqaroga tijorat banklari orqali imtiyozli kredit olish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari tushuntirildi.
🔹 8 nafar fuqaroga kasbga o‘qitish uchun vaucherlar berildi.
🔹 5 nafar fuqaroga OSONISH.UZ platformasiga rezyume joylashtirish va mavjud vakant ish o‘rinlari bilan tanishishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bunday mehnat yarmarkalari aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni mehnat bozoriga jalb etish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









