Fuqarolar qabuli tashkil etildi
2026-10-21 16:50:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar hokimi o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan grafik-reja asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.




