24 soat faoliyat yuritadigan zamonaviy hudud yaratiladi
2026-10-05 12:35:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahrining Navro‘z mahallasidagi Vokzal oldi ko‘chasi hamda Yoshlar xiyoboni (Alleya) hududlarini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, aholi va tadbirkorlar uchun yanada qulay, xavfsiz va munosib sharoitlar yaratish maqsadida bunyodkorlik, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Ayni paytda hududda yo‘l va piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, obodonlashtirish, hududni zamonaviy qiyofaga keltirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kelgusida Vokzal oldi ko‘chasi hamda Yoshlar xiyoboni hududlarini tun-u kun, 24 soat davomida faoliyat yuritadigan, zamonaviy va gavjum shahar hududiga aylantirish rejalashtirilgan. Bu kabi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari Yangiyo‘l shahrining zamonaviy qiyofasini yanada yuksaltirish, aholining yashash va dam olish sharoitlarini yaxshilash hamda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.









