YANGIYO‘L SHAHRIDA KORRUPSIYADAN HOLI MUHITNI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
2026-09-22 14:50:00 / Yangiliklar

Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aniqlangan muammolarni tezkor hal qilish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyati ham o‘rganildi. Muassasada korrupsiyadan holi muhitni shakllantirish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda xizmat sifatini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
O‘rganishlar davomida Lazzat mahallasi hududida joylashgan “SOUTHHUB” MCHJ va “KINDER FRUITS” MCHJ korxonalarida ham bo‘lindi. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati, mavjud muammolar va tadbirkorlarning taklif-mulohazalari bilan tanishildi. Alohida e’tibor hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz aholini doimiy bandlik bilan ta’minlash, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi.
Shundan so‘ng Samarqand va Beruniy ko‘chalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Hududlarning sanitariya va obodonlik holatini yaxshilash, ko‘chalarni yanada ko‘rkamlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi o‘rganildi.
Shuningdek, Navro‘z mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati bilan tanishildi. Mahallada aholi muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hudud obodonligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
O‘rganishlar yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.









