Korrupsiyaga qarshi kurashish: ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
2026-09-21 11:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yil boshidan buyon korrupsiyaning oldini olish, uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, mas’ul xodimlarning huquqiy va korrupsiyaga qarshi bilimlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavjud muammolar va aniqlangan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina nazorat tadbirlari bilan cheklanib qolmasdan, har bir sohada qonuniylik, halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qat’iy qaror toptirish orqali izchil davom ettirilishi zarurligi ta’kidlandi. Belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.





