Yangiyo‘l shahrida investitsiya loyihalari muhokama qilindi
2026-09-17 15:20:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari hamda Jahon banki vakillari ishtirokida Yangiyo‘l shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida shaharning investitsiyaviy salohiyatini oshirish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.






