Ishlab chiqarish, bandlik va tadbirkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-09-16 15:55:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov, shahar prokurori E.Sanokulov hamda shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Shamsiyev Qovunchitepa mahallasi hududida joylashgan “XITOY UPAKOVSHIK” MChJ korxonasida bo‘lib, korxona mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida korxonaning bugungi kundagi faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud ish o‘rinlari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyekti vakillarining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyatni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot davomida yashirin iqtisodiyotning oldini olish, qonuniy faoliyat yuritish, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish hamda ish o‘rinlarini ko‘paytirish masalalari yuzasidan ham tegishli tushuntirishlar berildi.
Mas’ullar tomonidan korxona faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va aniqlangan masalalarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.





