Dehqon bozorida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va raqamlashtirish masalalari o‘rganildi
2026-09-10 14:15:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida bozorda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilindi.
Shuningdek, savdo faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish, soliq tushumlarini oshirish, naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, bozor hududida qonuniylik va tartibni ta’minlash, tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish hamda aholi bandligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettiriladi.








