YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-09 14:35:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda hududda yashirin iqtisodiyotning oldini olish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniylashtirish, soliq tushumlarini oshirish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, norasmiy bandlikni qisqartirish, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarning vazifalari belgilab berildi. Yig‘ilish davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.





