Bozorlar faoliyatida raqamlashtirish va tartib masalalari o‘rganildi
2026-09-08 14:30:00 / Yangiliklar

Shuningdek, bozor hududidagi savdo shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish nuqtalari va mavjud infratuzilmaning holati ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi. Mutasaddilar Yangiyo‘l shahar dehqon bozoriga qarashli mol bozori faoliyati bilan ham tanishib, unda raqamlashtirish jarayonlarining joriy etilishi, savdo faoliyatining qonuniy va shaffof tashkil etilishi hamda hududning umumiy holatini ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mavjud muammolarga yechim topish va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Mazkur ishlar bozorlar faoliyatida tartib va shaffoflikni ta’minlash, zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan.





