Ishchilar shaharchasi mahallasida yangi piyodalar yo‘lagi barpo etilmoqda
2026-08-21 10:55:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahrining Ishchilar shaharchasi mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, fuqarolardan mol-mulk va yer soliqlari hisobidan tushgan mablag‘larning 10 foizi yo‘naltirilishi evaziga mahalla hududida yangi piyodalar yo‘lagi qurilmoqda.

Mazkur loyiha, avvalo, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, hududning obodonchiligi va infratuzilmasini yaxshilash, mahalla ko‘chalarining yanada zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga zamin yaratadi. Aholi manfaatlariga yo‘naltirilgan bunday amaliy ishlar mahallalarda qulay yashash muhitini shakllantirish va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.






