NAVBATDAGI RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2026-08-20 14:50:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” kuni sifatida tashkil etib kelinmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Yangiyo‘l shahrida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yangiyo‘l shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Isanbayev, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Shamsiyev, Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i R.Murotaliyev hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, tashabbus va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, har bir masala yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan masalalarni tezkor hal etish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.









