"Dolzarb 40 kunlik" doirasida obodonlashtirish ishlari tahlil qilindi
2026-07-29 17:20:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Yangiyo‘l shahar prokurori E.Sanokulov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E.Sultonov, shahar hokimining o‘rinbosarlari, mahallalarga biriktirilgan tashkilot rahbarlari hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlarini muvofiqlashtiruvchi shahar shtabi a'zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallalarda, temir yo‘l bo‘ylarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining bugungi holati atroflicha tahlil qilinib, mavjud vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlariga keng jamoatchilikni, ayniqsa mahalla faollari va aholini faol jalb etish, hududlarda ozodalik va tartibni ta'minlash hamda bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.









