"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasidagi ishlar nazoratda
2026-07-28 15:45:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisi T.Ishmetov, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O.Tursunov, Yangiyo‘l shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Isanbayev hamda mas’ul rahbarlar Yangiyo‘l shahrida bo‘lib, tayanch (og‘ir) mahalla sifatida belgilangan Yangihayot mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Mas’ullar mahallada ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandil. Shuningdek, tomorqalardan unumli foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish va aholining turmush farovonligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.




