Yana bir ijtimoiy obyekt zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
2026-07-13 14:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–132-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Fayzobod mahallasi hududida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari muassasa infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida yangilash, tarbiyalanuvchilar uchun qulay, xavfsiz va shinam shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Loyiha doirasida bino va uning hududini obodonlashtirish, tashqi ko‘rinishini zamonaviy qiyofaga keltirish hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.








