KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAYLIK!
2026-07-03 16:35:00 / Yangiliklar

Prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishdan iborat.
Shu munosabat bilan barcha fuqarolarni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lishga, pora berish va pora olish kabi noqonuniy harakatlardan tiyilishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarga o‘z vaqtida xabar berishga chaqiraman.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchidir. Halollik, shaffoflik va qonunga hurmat tamoyillariga amal qilish orqali biz adolatli, taraqqiy etgan va farovon jamiyatni birgalikda barpo etamiz.
Aziz yurtdoshlar!
Keling, korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik. Qonunga hurmat, halollik va adolat – yurtimiz taraqqiyoti hamda kelajak avlodning farovon hayoti garovidir.
