Qurilish va obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi
2026-06-15 17:45:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida shahar hududida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarining bugungi holati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud vazifalarning bajarilish darajasi ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar yakunida shahar infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.






