Deputatlar 2-son oilaviy poliklinikada korrupsiyaga qarshi tizimni o‘rgandi
2026-06-10 10:15:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida poliklinika rahbariyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishiga mas’ul xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi tahlil qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash, davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir tashkilot va jamiyatning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, bu boradagi tizimli ishlarni izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.



