NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-05-06 13:15:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov boshchiligida shahar prokurori E.Sanokulov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D.Jabborov, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Shamsiyev, Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Umarxonov hamda Toshkent viloyati hokimligi murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Xalilov, shuningdek, shahrimizdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur sayyor qabulda “Yangihayot”, “Yangiobod”, “Nov”, “Fayzli”, “Oltinobod”, “Mustaqillik”, “Turkiston” va “Farovon” mahallalari aholisi faol qatnashdi.

Qabul davomida jami 44 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularning muammolari atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy yordam olish, bandlikni ta’minlash, uy-joy masalalari, oilaviy muammolar hamda turli huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilib, amaliy yechimlar ishlab chiqildi.
Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.









