Hurmatli Yangiyo‘l shahar fuqarolari!
2026-05-05 17:30:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov boshchiligida shahar prokurori E.Sanokulov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E.Sultonov, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Shamsiyev hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida joriy yilning 6-may kuni soat 10:00 dan boshlab “Turkiston” mahallasi hududida joylashgan shahar Tibbiyot birlashmasi binosining faollar zalida aholi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi. Mazkur sayyor qabulda “Yangihayot”, “Yangiobod”, “Nov”, “Fayzli”, “Oltinobod”, “Mustaqillik”, “Turkiston” hamda “Farovon” mahallalari fuqarolarining murojaat va takliflari o‘rganiladi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 8-may kuni Yangiyo‘l shahar hokimligida fuqarolar qabuli o‘tkazilmasligini ma’lum qilamiz. Hurmatli fuqarolar, belgilangan grafik asosida shahar hududidagi barcha mahallalarda sayyor qabullar bosqichma-bosqich tashkil etib boriladi.
Manzil: “Turkiston” mahallasi, Toshkent shox ko‘chasi, M-34 avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi yonida.
