Ko‘p qavatli uylar ta’miri — aholi farovonligi yo‘lida
2026-04-18 17:50:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahrida faoliyat yuritayotgan “Stroy Everest Master” BSK tomonidan Oltinobod mahallasi hududida joylashgan 6 ta ko‘p qavatli uyda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, ushbu uylarning kirish yo‘laklari to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta bezatilmoqda. Devorlarga sifatli rang berish ishlari amalga oshirilmoqda, shuningdek, eskirgan deraza romlari yangilariga almashtirilmoqda.

Mazkur ishlar aholi uchun yanada qulay va estetik muhit yaratish, turar joylarning umumiy holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.









