Sihatgohda qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
2026-04-18 15:40:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov hamda shahar prokurori E.Sanokulov “Bahor” MFY hududida joylashgan Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli sihatgohda bo‘lib, mazkur hududda olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash, sharoitlarni zamonaviy talablarga mos ravishda yangilash borasidagi ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Mazkur ishlar aholiga, xususan, imkoniyati cheklangan fuqarolarga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.





