“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” DOIMIY MULOQOT MAYDONIGA AYLANMOQDA
2026-04-16 14:30:00 / Yangiliklar

Unda Yangiyo‘l shahar hokimi R. Raimov, shahar prokurori E. Sanokulov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E. Sultonov, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh. Shamsiyev, bank xodimlari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar va amaliy dasturlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda shahar va tumandagi ishsiz yoshlar, probatsiya hisobida turuvchi yoshlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish istagida bo‘lgan yoshlar, shuningdek, “otaliqqa olingan” yoshlar faol ishtirok etdi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









