#Obodonlashtirish
2026-04-14 15:50:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahrida faoliyat yuritayotgan “Stroy Everest Master” BSK tomonidan Fayzli mahallasi hududida joylashgan 2-sonli ko‘p qavatli uyning kirish qismida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ushbu hududga zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda. Mazkur ishlar fuqarolar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.







