Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish ishlari davom etmoqda
2026-04-02 14:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida 2026-yilning dastlabki uch oyi yakunlari sarhisob qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud kamchiliklar ochiq muhokama qilinib, kelgusida ustuvor vazifalar va aniq choralar belgilab olindi. Mas’ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat nazorat bilan cheklanib qolmasdan, profilaktika choralarini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini keng joriy etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tizimli davom ettirilib, har bir rahbar va mas’ul xodim zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinadi.





