Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit shakllantirilmoqda
2026-03-26 10:30:00 / Yangiliklar

Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlangan reja asosida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Shahar hududidagi barcha umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv va seminarlar muntazam tashkil etilmoqda.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida xodimlar, faol ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari hamkorligida “oshkoralik burchaklari” va “ishonch qutilari” tashkil etilgan. Ushbu burchaklarda e’lon qilinishi lozim bo‘lgan barcha muhim ma’lumotlar muntazam ravishda joylashtirib borilmoqda.
O‘quvchilar davomati ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, bu boradagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinmoqda. Bundan tashqari, barcha ta’lim tashkilotlarida “adolat burchaklari” tashkil etilib, rahbarlar hamda xodimlardan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan so‘rovnomalar olinib, tegishli kafolat xatlari rasmiylashtirilgan.
Mazkur chora-tadbirlar tizimi ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi qat’iy murosasiz muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.





