Mahalla tizimi vakillariga e’tibor va e’tirof
2026-03-24 14:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida mahalla tizimi vakillarining aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda fuqarolar farovonligini oshirish yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi barcha mahallalar raislariga Samarqand viloyatiga sayohat uchun vaucher hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Ta’kidlash joizki, mahalla tizimi bugungi kunda jamiyat barqarorligini mustahkamlash, aholining turmush darajasini yuksaltirish va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishda muhim o‘rin tutib kelmoqda. Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va e’tirof esa soha xodimlarini yanada samarali faoliyat yuritishga ruhlantirishi, ularning mas’uliyatini yanada oshirishi shubhasiz.



