Yangiyo‘l shahrida hududlarni obodonlashtirish
2026-02-15 11:35:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahrida hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, shahar hududida joylashgan “Fayzobod” hamda “Olmos” mahallalarining ichki ko‘chalarini tartibga keltirish, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda maxsus texnikalar jalb etilgan holda ichki yo‘llarga shag‘al yotqizish, yo‘l qatlamini tekislash va mustahkamlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, transport vositalari harakatini yengillashtirish, piyodalar uchun xavfsiz qatnovni ta’minlash, yomg‘irli mavsumda yuzaga keladigan muammolarning oldini olishga qaratilgan.








