Temir yo‘l bo‘ylarida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
2026-03-18 09:55:00 / Yangiliklar
Hududlarda tozalikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda shahar ko‘rinishini yanada chiroyli qilish maqsadida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, temir yo‘l bo‘ylariga ekilgan daraxt va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, ularning barqaror o‘sishini ta’minlash uchun muntazam sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda mutasaddi tashkilotlar tomonidan sug‘orish tarmoqlarini tortish, suv yetkazib berish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.









