Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Yangiyo‘l shahrida zamonaviy sport maktabi foydalanishga topshirildi
2026-03-18 09:05:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosi doirasida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 12 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilib, sport maktabida 24x30 o‘lchamdagi sport zali, 20x40 o‘lchamdagi usti yopiq mini futbol maydonchasi, zamonaviy tribuna, shifokorlar hamda trenerlar xonalari barpo etildi.
Shuningdek, yosh sportchilar uchun rezina qoplamali yugurish yo‘lagi, basketbol va mini futbol maydonchalari, tennis hamda voleybol maydonchalari ham bunyod etildi.
Sport maktabi hududidagi 24x12 o‘lchamdagi ochiq suzish havzasi hamda zamonaviy universal sport maydonchasi yoshlarning sport bilan faol shug‘ullanishlariga keng imkoniyat yaratadi.
Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz tashabbuslari asosida yosh avlod uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘zining ijobiy samarasini berishini alohida ta’kidladi.









