“Maktablar ligasi”
2026-02-11 09:05:00 / Yangiliklar
Yangiyo‘l shahar sport maktabi hamda Maktab va maktabgacha taʼlim bo‘limi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Maktablar ligasi” musobaqasiga rasman start berildi.

Mazkur sport bellashuvi o‘quvchilarni ommaviy sportga keng jalb etish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Musobaqalar aylanma tizim asosida o‘tkazilmoqda bo‘lib, jamoalar o‘zaro bellashuvlarda kuch sinashmoqda.
Bellashuvlarning final bosqichi joriy yilning 14-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda eng kuchli jamoalar chempionlik uchun kurash olib boradi.






