"Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" shiori ostida "Qo‘sha-qarish saodati" mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-02-10 14:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda uzoq yillar davomida ahil-inoqlikda umr kechirayotgan ibratli oilalarning hayot yo‘llari, oila mustahkamligini ta’minlashdagi tajribalari va hayotiy qarashlari tinglandi. Uchrashuv davomida faxriylar o‘zlarining boy hayotiy tajribasi, mehnat faoliyati jarayonida orttirgan saboqlari, vatanparvarlik, fidoyilik va mas’uliyat haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Yoshlar esa nuroniylarning samimiy nasihatlarini katta qiziqish bilan tinglab, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Tadbir doirasida ibratli hayot yo‘li, ilmga intilish, to‘g‘ri kasb tanlash, jamiyatda munosib o‘rin egallash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur “Uch avlod uchrashuvi” yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda kattalarga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, oila muqaddasligiga e’tibor tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.









