“Alisher Navoiy gulshani” istirohat bog‘i zamonaviy ko‘rinishga keltirilmoqda
2026-02-10 11:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-aprel kunidagi PQ-132-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahar markazida joylashgan “Alisher Navoiy gulshani” istirohat bog‘ida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida bog‘ hududi to‘liq yangilanib, zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirilmoqda. Piyodalar yo‘laklari, yoritish tizimlari, o‘rindiqlar, bolalar o‘yin maydonchalari va boshqa infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — shahar aholisi va mehmonlari uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy dam olish maskanini yaratish, shuningdek, shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirishdan iborat.






