Hafta davomida bajarilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi
2026-02-06 14:25:00 / Yangiliklar

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda hafta davomida bajarilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, soliq tushumlarining davlat byudjetiga to‘liq tushishini ta’minlash, “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonining borishi, shahar hududida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari holati muhokama qilindi.
Shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularni hal etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.





