“Korrupsiyasiz soha” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi
2026-02-05 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbirni Yangiyo‘l shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Nurmatov Maxamad Maxkambaevich olib bordi. Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, xodimlarning xizmat faoliyatidagi mas’uliyati, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xizmat jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish mexanizmlari, shuningdek qonunbuzilish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda chora ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbir tibbiyot xodimlari ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat faoliyatida qonun ustuvorligi va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qildi.

