Ro‘yxatga olish 2026
2026-01-28 11:15:00 / Yangiliklar

Mazkur muhim jarayonning samarali va tizimli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov boshchiligida uchrashuv tashkil etildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlarning mas’ul vakillari, shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ro‘yxatga olish tadbirlarining belgilangan muddatlarda, sifatli va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Mazkur tadbir mamlakatda demografik va qishloq xo‘jaligi sohasidagi aniq ma’lumotlar bazasini shakllantirish, kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.









