Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat
2026-01-20 14:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, sog‘liqni saqlash tizimida ham chuqur va izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning markazida inson manfaatlari, adolat, qonun ustuvorligi hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash masalasi turibdi.
2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Unda belgilangan ustuvor vazifalar qatorida korrupsiyaga qarshi kurash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq ekani qat’iy e’tirof etildi.
Men, Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i sifatida, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi ekanimni qat’iy bayon qilaman. Sog‘liqni saqlash tizimida halollik, shaffoflik va mas’uliyat ustuvor tamoyil bo‘lishi shart. Chunki bu soha bevosita inson hayoti va salomatligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shu bois, o‘z faoliyatimda qonuniylik va moliyaviy intizomga qat’iy rioya etish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va shaffof foydalanish, tanish-bilishchilik, manfaatlar to‘qnashuvi hamda har qanday korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aniqlangan kamchilik va qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabat bildirish mening asosiy vazifam va prinsipial pozitsiyam bo‘lib qoladi.
Barcha rahbar va xodimlarni korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishga, halollik va vijdon bilan ishlashga chaqiraman. Zero, faqat pok va adolatli muhitgina sog‘liqni saqlash tizimining barqaror rivoji hamda aholining ishonchini ta’minlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat qonun talabi emas, balki har birimizning vijdoniy burchimizdir.
Korrupsiyaga yo‘q deymiz! Halollik bilan ishlaymiz!
Hurmat bilan,
Nuriddinov Muhriddin Husniddinovich
Yangiyo‘l shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari,
moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i
