"Alisher Navoiy gulshani" istirohat bog‘i zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi
2026-01-10 09:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahar markazida joylashgan “Alisher Navoiy gulshani” istirohat bog‘ida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish maskanini yaratishga qaratilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar yakuniga yetgach, “Alisher Navoiy gulshani” istirohat bog‘i nafaqat yangiyo‘lliklar, balki shahar mehmonlari uchun ham sevimli sayr va hordiq maskaniga aylanishi kutilmoqda. Rekonstruksiya ishlari belgilangan jadval asosida olib borilib, sifat va xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda.





