Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashi
2026-01-10 10:10:00 / Yangiliklar

🗣 Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Yangiyo‘l shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2025 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida yil davomida olib borilgan faoliyat natijalari atroflicha muhokama qilindi.
➡️ Shuningdek, Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2025 yil davomida shahar hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
🗺 Qo‘shma doimiy komissiya yig‘ilishida shahar hokimining o‘rinbosari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri, shahar prokuraturasi va ichki ishlar organlari vakillari, umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
✅ Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilib, muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati va huquq-tartibotni yanada mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Yakunda tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilinib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.









