Prezidentimiz Murojaatnomasi yuzasidan seminar tashkil etildi
2026-01-05 10:05:00 / Yangiliklar

Seminarda Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E.Sultonov, shahar hokimi o‘rinbosari M.Narbayev, shahar Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i M.Alimova, shuningdek, shahar maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Seminar davomida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz Murojaatnomasida ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor, pedagog kadrlar mas’uliyati, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalarni ta’lim muassasalarida izchil amalga oshirish, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish borasida kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, tegishli xulosalar chiqarildi.









