“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
2025-03-29 19:15:00 / Yangiliklar
Mazkur qonunda qayd etilganidek so‘nggi yillarda mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning hosil qilinishi va sarflanishini barqarorlashtirishga hamda O’zbekiston Respublikasi hududida chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishni soddalashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi, biroq energiya resurslari iste’molchilari tomonidan to‘lov intizomi darajasining pastligi issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotganligi issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar tomonidan iste’molchilarga energiya resurslari barqaror yetkazib berilishini hamda sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun yetkazib berilgan energiya uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarni o‘z vaqtida undirish zaruriyati yuzaga keltirganligi, mazkur qonun esa bu boradagi mavjud muammolarning yechimi bo‘ldi.
Shu bilan birga ushbu qonun «Davlat boji to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji to‘lanishini nazarda tutib, akkreditatsiyaning qaysi davri uchun davlat boji to‘lanishi aniqlashtirildi.
Qonun qabul qilinishi munosabati bilan endilikda issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilinganda issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi, shuningdek ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda mazkur davlat bojini ushbu yetkazib beruvchilardan undirish imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O’zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilishda davlat bojini to‘lash har bir yil uchun amalga oshirilishini aniqlashtiruvchi o‘zgartirish kiritildi.
“Davlat boji to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi mazkur qonun iste’molchilar tomonidan qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga, aholining sifatli issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga, shuningdek chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O’zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji to‘lash tartibini aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Zero har bir islohot ortida inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklarini va faronvonligini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassamdir.
B.Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi
