Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
2025-03-27 20:20:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda dastlab tuman hokimi yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, yoshlar bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlik sohalariga yo'naltirish borasida amalga oshirilayotgan vazifalar va oldinda turgan rejalar xususida to'xtaldi.

Shuningdek, yoshlar bilan birma-bir suhbatlashilib, ularning murojaatlari, taklif va istaklari tinglandi. Ularning xohish va qiziqishlari inobatga olinib, turli tadbirkorlik sohalariga yo'naltirish va bandligini ta'minlash choralari kelishib olindi.
Xususan, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan bir nechta yoshlarga faoliyat yo'nalishlariga qarab asbob-uskunalar olib beriladigan bo'ldi. Yana ayrimlariga esa bir gektardan yer maydonlari ajratilishi belgilandi.









