Tuman hokimi g'olib sportchi yoshlarni tabrikladi
2025-02-18 14:10:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, Yangiobodlik Taekvondochi yoshlar BAAning Fujayra shahrida Taekvondo WT sport turi boʻyicha G2 tasnifidagi "Fujayra Open-2025" musobaqasida g‘olib va sovrindor bo'lib qaytgan edilar.

Jumladan, Yangiobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari Fayzullayev Feruzbek hamda Isroilov Amirbeklar 2-o’rinni egallab kumush medalni, Zikirov Otabek esa 3-o’rinni egallab bronza medalni qo'lga kiritdilar.
Shuningdek, Toshkent shahrida sportning Boks turi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionati musobaqasida Yangiobod tumanidagi 5- maktab o'quvchisi Ulug'bekova Malika faxrli 3-o'rinni egalladi va kichik o'smir qizlar milliy terma jamoasi a'zolari safidan joy olib, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Bugun tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ushbu sportchi yoshlar hamda ularning murabbiylari bilan uchrashib, tashakkurnoma va esdalik sovg'alarini topshirdi.
