“Yosh kitobxon” tanlovi g'olibi tuman hokimi tomonidan e'tirof etildi
2025-02-19 14:05:00 / Yangiliklar
"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2024 yil mavsumi doirasida Jizzax shahri "Yoshlar markazi"da “Yosh kitobxon” tanlovining Jizzax viloyat bosqichi bo`lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu tanlovda Yangiobod tumani 18-umumta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi Obloqulova Durdona Fazliddin qizi faol ishtirok etib, 10-14 yosh toifasi bo'yicha faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi va tanlovning Respublika bosqichiga yo`llanma oldi.
Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tanlov g'olibi bo'lgan Durdona bilan uchrashib, uni mazkur yutuq bilan tabrikladi va tanlovning respublika bosqichida ham birinchilikni qo'lga kiritishiga tilak bildirdi. Shuningdek, Durdonaga hamda 18-maktab direktoriga minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirdi.
