YANGIOBOD TUMANI IIBNING YANGI BINOSI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
2026-10-31 11:25:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev iştirokida Yangiobod tumani Içki işlar bölimining yangi binosi tantanali ravişda foydalanişga topşirildi.

Tadbirda viloyat IIB boşliği Ğ. Qodirov, Yangiobod tumani hokimi, tuman Kengaşi deputati I.Qarşiboyev va bir guruh nuroniylar hamda içki işlar tizimi faxriylari iştirok etdi.
Yangi binoning foydalanişga topşirilişi içki işlar organlari xodimlari uçun munosib iş şaroitlarini yaratiş, xizmat samaradorligini oşiriş va fuqarolar bilan işlaş sifatini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan mazkur bino xodimlarning kasbiy faoliyatini samarali taşkil etiş, aholiga tezkor va sifatli xizmat körsatiş, şuningdek, tumanda jamoat xavfsizligi, tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş borasidagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etadi.









