FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANIB, MUAMMOLAR YECHIMI KO‘RILMOQDA
2026-10-15 12:30:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafik asosida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Respublika ishchi guruhi a’zosi S. Xidirov hamda Jizzax viloyati sudi mas’ullari ishtirokida Yangiobod tumani Madaniyat markazi binosida o‘tkazildi.
Qabul davomida jami 8 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Ularning 4 tasi yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 4 ta murojaat esa ijobiy hal etildi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini bevosita joyida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholi murojaatlari — e’tiborda, muammolar yechimi — amalda!









