YANGIOBODDA DONORLIK AKSIYASI O‘TKAZILMOQDA!
2026-10-15 10:45:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani Tibbiyot birlashmasida inson hayotini saqlab qolishdek ezgu maqsadga qaratilgan donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xayrli tadbirda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngilli fuqarolarimizni faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Donorlik — insonparvarlik va mehr-oqibatning yuksak namunasidir. Siz topshirgan qon kimningdir hayotini saqlab qolishga, bemorlarga umid bag‘ishlashga xizmat qilishi mumkin.
📍 Manzil: Yangiobod tumani Tibbiyot birlashmasi.
❤️ Donor bo‘ling — inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shing!








